Turkiya Isroil bilan harbiy hamkorlik qilmoqchi
Olam
−
27 Oktabr 2022 3569 1 daqiqa
Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlar tiklangach, u bilan harbiy sohada, harbiy sanoat va xavfsizlik sohasida faol hamkorlik qilish niyatida. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Anqarada isroillik mavqedoshi Beni Gans bilan muzokaralar yakunida aytib o‘tdi.
“Biz hamkorlikdagi tajribamizdan, jumladan, harbiy sohada, harbiy sanoat va xavfsizlik sohasida munosabatlarimizning yangi davrining boshida qanday foydalanish bo‘yicha fikr almashdik. Bu tashrif kelgusida rivojlanish uchun juda muhimdir. Mavjud kelishmovchiliklarga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik va muloqotni rivojlantirish, ayniqsa, Falastindagi mavjud muammolarni hal qilishga ham hissa qo‘shadi”, deydi Akar.
Isroil vazirining bugun Anqaraga tashrifi doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning avgust oyida Erdo‘g‘an va Isroil Bosh vaziri Yair Lapid telefon orqali muloqot qilgan, shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash va davlatlar 4 yillik tanaffusdan so‘ng poytaxtlarga elchilarini qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilingan edi.
Live
Barchasi