Turkiya Erdo‘g‘anni diktator deb atagan Italiya Bosh vaziriga javob qaytardi
Olam
−
09 aprel 2021
11955Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anni diktator deb atagan Italiya Bosh vaziri Mario Dragining so‘zlariga javob qaytardi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘zining Twitter sahifasida yozgan.
Chavusho‘g‘li Anqara Italiya bosh vazirining populistik ritorikasi va uning Turkiya prezidenti haqidagi qo‘pol bayonotlarini qat’iyan qoralayotganini ta’kidladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an saylovlar natijasida o‘z lavozimini egallagan.
Qayd etilishicha, Italiya Bosh vaziri matbuot anjumani davomida Turkiya rahbarini diktator sifatida tavsiflagan, shu bilan birga u bilan hamkorlik zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, u bunday diktorlar bilan munosabatlarda to‘g‘ri muvozanatni saqlash kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Matbuot anjumanida Turkiya rahbari haqidagi savolga javob berayotib, uni diktator deb atagandii.
“Siz bilan hamkorlik qilishi kerak bo‘lgan bu diktatorlarga o‘z pozitsiyangizni tasdiqlash uchun ochiqchasiga gapirishingiz kerak. Shuningdek, mamlakatingiz manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor bo‘ling. To‘g‘ri muvozanatni topish kerak”, degandi Dragi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar