Turkiya “Don yo‘lagi” bo‘yicha Rossiya va Ukrainadan aniq javob kutyapti

Olam

image

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 17 iyun kuni Ukraina donini dengiz orqali eksport qilish muammosini hal qilishda yaqin kunlarda ijobiy o‘zgarishlar kutayotganini aytdi. 

“Yaqin kunlarda voqealarning yanada jadal rivojlanishi uchun imkoniyatga ega bo‘lamiz, degan umiddamiz. Biz Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazish va muammoni tezroq hal qilish ustida ishlamoqdamiz”, deydi u Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishidan so‘ng.

Akarning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiya, Ukraina va BMT bilan “Don yo‘lagi” deb atalmish yo‘lak yaratish bo‘yicha aloqalarni davom ettirmoqda. U Ukraina donini eksport qilishni muvofiqlashtirish uchun uch davlat harbiy idoralari o‘rtasida ishonch telefoni tashkil etilganini eslatdi.  

“Ishonch telefoni doimiy ishlamoqda. Tez va xavfsiz bo‘lish ustida ish olib borilmoqda. G‘alla va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish davom etmoqda”, deydi Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari. 

Akar, Montryo konvensiyasiga rioya qilishning ahamiyatiga ham e’tibor qaratdi.  

"Bu yerda (Qora dengiz havzasida – tahr.) muvozanatning buzilishi vaziyat nazoratdan chiqib ketishi bilan to‘la. Qora dengizni raqobat maydoniga aylantirmaslik kerak”,  deya ta’kidladi turk vaziri. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 8 iyun kuni Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Mavlud Chavusho‘g‘li Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda “Don yo‘lagi” deb atalmish koridor yaratish masalasini muhokama qildi. Turkiya hukumati avvalroq Ukraina donini Qora dengiz orqali yetkazib berish uchun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Mahalliy OAV Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, Ukraina g‘allasini yetkazib berish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirish mexanizmi 80-90 foizga tayyor va tegishli kelishuvlarga erishilgach, imkon qadar tezroq ishga tushirilishi mumkin. Bu masalani Turkiya, Rossiya, Ukraina va BMT vakillarining Istanbulda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida muhokama qilish rejalashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing