Turkiya chempionati o‘yinida maydon yumshoq o‘yinchoqlarga to‘ldi
Sport
−
27 fevral 2023 6685 1 daqiqa
Turkiya Superligasining 14-turidan o‘rin olgan “Beshiktosh” – “Antalyaspor” (0:0) o‘yinida har ikki jamoa muxlislari maydonga yumshoq o‘yinchoqlar uloqtirdi. Barcha o‘yinchoqlar zilziladan jabr ko‘rgan bolalarga yuboriladi.

“Vodafone Park” stadionida o‘yinchoqlarning har biri 20 lira (12 ming so‘m)dan sotilgan. Barcha tushum zilzila jabrlanuvchilariga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va soat 13:24 da – 7,6 ball) ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Shuningdek, 24 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 23:25 da Malatya viloyatida 4,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
Live
Barchasi