Turkiya 29 apreldan to‘liq lokdaunga qaytadi

Olam

image

Turkiyada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralari kuchaytrilmoqda. Joriy yilning 29 aprelidan 17 mayga qadar mamlakat to‘liq lokdaun holatiga qaytadi. Bu haqda Prezident Erdo‘g‘an ma’lum qildi. 

Ayni vaqtda Turkiyada kuniga 10 minglab yangi bemorlar qayd etilmoqda. Erdo‘g‘an bu haqida gapirarkan, Yevropa lokdaundan chiqish harakatiga tushgan bir vaqtda Turkiya ham otni qamchilashi, bemorlar soni kuniga 5 mingdan oshmasligiga erishishi kerak. 

"Aks holda turizmdan tortib tijorat, ta’lim va barcha sohalarda og‘ir badallarga duch kelishimiz muqarrardir", deydi Erdo‘g‘an.

Prezidentga ko‘ra, Turkiya joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 dan 17 mayning 05:00 gacha to‘liq lokdaun holatiga qaytadi. Bu davrda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha ish joylari o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan holatlar bo‘yicha istisno bo‘ladi. 

Shuningdek, shaharlararo qatnovni amalga oshirish davom etadi va shaharlararo jamoat transporti 50 foiz quvvatda yo‘lovchi tashishiga ruxsat beriladi. 

Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda an’anaviy ta’lim to‘xtatiladi. Barcha imtihonlar muddati uzaytiriladi. 

Tarmoq do‘konlar dam olish kunlari yopiq bo‘ladi. Begim kunlari esa belgilangan tartibda faoliyatini davom ettirishi mumkin. 

"Jarayon biz kutgan natijani berishi uchun qoidalar qat’iy qo‘llaniladi va choralarni suiis’temol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi", deydi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Respublikasi Hukumati chet el davlatlari fuqarolarining (6 yosh va undan katta) mamlakatga kirishi uchun ilgari kiritilgan qoidalarni 2021 yil 31 mayga qadar uzaytirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

500

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing