Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha,12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etdi. Unda Kengashni Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘hrisida qaror qabul qilindi.

Sammit kun tartibiga muvofiq, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi ko‘p qirrali munosabatlarni har tomonlama kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqining avvalida O‘zbekiston Turkiy Kengash nomini “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb o‘zgartirish hamda Turkmanistonga tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi tarixiy qarorlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Bu muhim qadamlar tashkilot faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, uning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini oshirishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu galgi sammit davomida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirib, tashkilotga a’zo mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan nodir asarlarni tadqiq va tarjima qilish, ularning yagona elektron bazasini yaratish muhimligini ta’kidladi.

Sammit yakunida tashkilotga raislik Turkiya Respublikasiga o‘tishi va Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi.

Davlat rahbarlari 10 dan ortiq hujjat – sammitning yakuniy deklaratsiyasini, “Turkiy dunyo nigohi - 2040” dasturiy hujjati va kun tartibiga kiritilgan boshqa qarorlarni imzoladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing