Turkistondan Istanbulga uchayotgan uchoq favqulodda Urganchga qo‘ndi
Jamiyat
−
04 yanvar 2022 8874 1 daqiqa
Bugun, 4 yanvar kuni Qozog‘istonning Turkiston shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga yo‘lga chiqqan Fly Arystan aviakompaniyasiga tegishli samolyot favqulodda Urganch aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo neba” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston loukoster aviakompaniyasi KC7425 yo‘lovchi samolyoti ekipaji 4-yanvar kuni Urganch zaxira aeroportiga qo‘nish haqida qaror qabul qilgan. Buning sababi hozircha noma’lum.
Live
Barchasi