Turk professori Toshkent arxitektura institutiga rektor etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 avgustdagi qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Erjan Kaxya bundan oldin Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritgan. Erjan Kaxya 1980−1984 yillarda Istanbul texnika universitetining bakalavriaturani, 1988 yilda Nyu-Yorkdagi Politexnika universitetida magistraturani tamomlagan.

2020-2021 yillarda Istanbul texnika universitetining Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi filiali rektori bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent arxitektura-qurilish institutiga 2016 yildan buyon Ravshan Hakimov rektorlik qilib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing