Turk lirasi dollar qarshisida eng tarixiy qulashni qayd etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Forex Capital Markets ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi valyuta savdolarida turk lirasi AQSH dollariga nisbatan tarixiy eng past ko‘rsatkichini yangiladi. 

Savdo maydonchasining bugun, 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:42 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, lira bir AQSH dollari uchun 18,36 ga tushdi. Ertalabki savdolar chog‘ida lira bir dollar uchun 18,38 dan sotildi, bu esa tarixdagi eng past ko‘rsatkichdir. 

Turkiya Statistika tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada avgust oyida yillik inflyatsiya 80 foizdan oshdi. O‘tgan yilning dekabr oyidan beri Turkiya hukumati turk lirasini mustahkamlashga qaratilgan yangi iqtisodiy siyosat deb ataladigan siyosatni olib bormoqda. Avgust oyida Turkiya Markaziy banki bu yil birinchi marta foiz stavkasini 14 foizdan 13 foizga tushirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing