Turk kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi
Biznes
−
30 Sentabr 2021
7581Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 29 sentyabr kuni "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida turk kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi.
Ushbu kechada taniqli turk kinoyulduzlari O‘zjan Deniz, Melisa Pamuk, Sezan Zengen, Dilan Deniz kabi turkiyalik aktyorlar ishtirok etishdi. Tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek va turk madaniyati aks etgan konsert dasturi taqdim etildi.
Ijodiy kecha "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari" doirasida tashkil etilgan bo‘lib, festival doirasida yana Rossiya, Xindiston kabi bir nechta davlatlarning ham kino kunlariga start berildi.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi