Turk biznesining O‘zbekistonga kirishi tezlashdi
Jamiyat
−
04 fevral 2022
6236Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Turkiya, ikkinchi o‘rinda esa Rossiya yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, 1 yanvar holatiga respublikada ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,7 mingtani tashkil etgan. Ayni vaqtda ulardan 13,3 mingtasi faoliyat yuritmoqda.
“Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 508 taga oshdi”, deyiladi xabarda.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni davlatlar kesimida qaralganda:
• Rossiya – 2 309 ta;
• Xitoy – 1 927 ta;
• Turkiya – 1 882 ta;
• Qozog‘iston – 1 067 ta;
• Koreya – 896 ta.
Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yil yanvar dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
• Turkiya – 407 ta
• Rossiya – 356 ta
• Xitoy – 266 ta
• Qozog‘iston – 209 ta
• Koreya – 97 ta
LiveBarchasi