Turk aktyori Burak O‘zchivit Toshkentga kelyapti...mi?

Biznes

image

Dunyo kinosanoatining taniqli yulduzi, turk aktyori Burak O‘zchivit rol ijro etgan filmlar ayni damda O‘zbekistonda sevib tomosha qilinmoqda. Shu kecha-kunduzda Burak O‘zchivitning O‘zbekistonga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Burak O‘zchivit O‘zbekistonga haqiqatan ham keladimi yo yo‘q, bunisi hali ma’lum emas. Agar u mamlakatga haqiqatan ham kelsa, bunga biror film yoki serial sababmi yoki... Umuman, uning tashrifi qaysi kunlarga mo‘ljallanyapti? Bu savollarga javob hali topilganicha yo‘q.

Bu orada Toshkent ko‘chalarida Burak O‘zchivit suratga tushgan reklama bannerlari paydo bo‘ldi. To‘g‘ri joy, to‘g‘ri loyiha, to‘g‘ri narx deya qayd qilingan ushbu chorlovlar “Olmazor city”ga tegishli bo‘lib, unda Burak O‘zchivit qo‘lida kalit tutib turganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Burak O‘zchivit o‘zbekistonlik tomoshabinlarga turk kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Aka” filmi, “Choliqushi”, “Sevgi iztiroblari” seriallari bilan yaxshi tanish. U butun dunyoda katta shuhrat qozonayotgan, qolaversa, O‘zbekistonda ham namoyish etilayotgan “Tirilish. Erto‘g‘rul” serialining yangi mavsumida ham suratga tushishi ma’lum qilingan.

Xo‘sh, sizningcha, Burak O‘zchivit O‘zbekistonga keladimi?


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing