Turistik vaucher nima? U qanday rasmiylashtiriladi?

Foydali

image

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori  bilan turistik yo‘llanma (vaucher)ning namunaviy shakli va uni to‘ldirish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

Turistik yo‘llanma (vaucher) – turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Turistga (turistlar guruhiga) vaucherni turistik faoliyat sub’ekti – belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxs beradi.

Vaucher turistik faoliyat sub’ekti hamda turist tomonidan turistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomaning asosiy qismi hisoblanadi. U qo‘lda yoki kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘zbek yoki ingliz tilida to‘ldiriladi, sub’ekt rahbari tomonidan imzolanib, turistga taqdim qilinadi.

Turist xizmat ko‘rsatish joyiga yetib kelgach, vaucherni xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga topshiradi.

Turistik faoliyat sub’ekti berilgan vaucherlarning reyestrini yuritishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

turistik vaucher

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar