Turdimov yana bir hokimni almashtirdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 dekabr Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Baxriyevich Sulaymonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan  Sherzod Asadovich Qudratov nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Sherzod Asadovich Qudratov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq viloyatning Bulung‘ur tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

333

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing