Turdimov ikki o‘rinbosarini o‘zgartirdi

Jamiyat

image

Rustam Rajabboyevich Qobilov Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirjon O‘tkirovich Nurullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Rustam Qobilov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati hududiy filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Rustam Qobilov bundan avval 2018 yil aprel oyidan 2020 yilning sentyabr oyiga qadar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan edi.

Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Umarov Asqar Narziyevich ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. 

Ushbu lavozimga shu kunga qadar Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Isroil Ismoilovich Jabborov tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing