Turar joyni “nejiloy”ga o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
Jamiyat
−
28 noyabr 2019
3749Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining uy-joy kodeksi” qonuni loyihasida keltirib o‘tilgan.
Loyihaning 16-moddasiga asosan, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish:
Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra shahar va tuman qurilish bo‘limlarining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
Turar-joy binolarining samarali ekspluatatsiya qilinishining taxminiy davomiyligiga asoslanib turar-joy binosining pastki qavati yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi mumkin.
Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, qonun loyihasiga o‘zgarish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi