To‘ra Bobolovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
23 fevral 2020
6815Bugun, 23 fevral kuni Termizda viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan senatorlar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tuman va shaharlarning to‘rtta sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
“Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdisalom Xo‘jaqulov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Boshqarma boshlig‘ining Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib hozirgacha Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Mavluda Qobulova, 2019 yildan bugungi kungacha Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida xizmat qilib kelgan Faxriddin Mengliyev hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Arziqul Soatov boshqarma boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanlangan.
LiveBarchasi