Tuproq bosib o‘lgan 3 kishi yerosti quvurlarni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgani aniqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida yer ostidan suv quvurini qazib olayotgan to‘rt kishini tuproq bosib qolgani, oqibatda uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. “Qoraqalpoq suv ta’minoti” MCHJ Axborot xizmati ushbu holatning sabablari bo‘yicha bayonot berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu fuqarolarning 3 nafari maktab o‘quvchilari bo‘lgan. Ular shu kuni tonggi soat 4:00-4:30 atrofida diametri 300 mm bo‘lgan cho‘yan quvurni noqonuniy tarzda sindirib olib ketmoqchi bo‘lgan.

O‘sha payt ular yog‘ingarchilik tufayli yumshab qolgan tuproq ostida qolib ketgan. 3 kishi voqea joyida vafot etgan bo‘lsa, bir kishi qochib ketgan va keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing