To‘palang suv ombori to‘g‘oni suv qo‘yib yubordimi? FVV izoh berdi (video)
Jamiyat
−
22 iyun 2022
28630Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryodagi To‘palang suv omborida qurilgan to‘g‘on (damba) suv qo‘yib yuborgani va atrofni suv bosgani haqida xabarlar tarqalgandi. FVV holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun 22 iyun kuni soat 08:14 larda To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarilgan, To‘palang GES suv ombor loyixasi quvvati 400 mln m kub bo‘lib, hajm amalda 378,87 mln m kubni tashkil etmoqda.
Rejaga ko‘ra, suv tashlamasi sekundiga 70 m kubni tashkil qiladi. Bugun, 22 iyun holatiga ko‘ra, suv tashlamasi sekundiga 110 m.kubni tashkil etgan.
“Suv omborining mustaxkamligiga ziyon yetmagan, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv xajmini kamaytirish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi FVV xabarida.
LiveBarchasi