To‘p uchun 1,48 mlrd so‘m. PFL 2021 yildagi xarajatlari hisobini berdi

Sport

image

2021 yilda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan futbol musobaqalarini o‘tkazish uchun 16 mlrd 618 mln 788 ming so‘m mablag‘ sarflangan. Bu haqda bugun, 4 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi. 

Imomxo‘jayevga ko‘ra, O‘zPFLga 2021 yilda 15 mlrd 725 mln 200 ming so‘m mablag‘ kelib tushgan. Musobaqalar o‘tkazish uchun 16 mlrd 618 mln 788 ming so‘m mablag‘ sarflangan. 

PFL tomonidan musobaqalardagi to‘plar uchun 1 mlrd 481 mln so‘m, taqdirlash kuboklari uchun esa umumiy 710 mln 783 ming mablag‘ ajratilgan. (Kuboklar olib kelinishiga ketgan xarajatlar bilan).

“Professional futbolchiga maxsus to‘p kerak. Bunaqa to‘plar esa bir milliondan ziyod turadi. Shuning uchun biz musobaqalar uchun to‘plarga 1 mlrd 481 ming so‘m pul ajratganmiz”, deydi Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, PFL tomonidan 2021yilda musobaqa ishtirokchilari uchun qatnashchilik badallari miqdori tarixda ilk bor 40-50 foizgacha kamaytirilgan. Shuningdek, ayollar va futzal jamoalari ilk bor badal to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing