Tuman va shaharlar 5 toifaga ajratiladi
Jamiyat
−
20 dekabr 2022
20999Kelgusi yildan, tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.
Jumladan, tadbirkorlik uchun:
• har tomonlama rivojlangan 26 ta tuman 1-toifaga;
• infratuzilmasi yaxshi bo‘lgan 46 ta tuman 2-toifaga;
• sharoiti nisbatan qoniqarli bo‘lgan 76 ta tuman 3-toifaga;
• jozibadorligi yetarli bo‘lmagan 40 ta tuman 4-toifaga;
• sharoiti og‘ir bo‘lgan 20 ta tuman 5-toifaga to‘g‘ri keladi.
“Endi, toifaga qarab, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishini belgilaymiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun, soliq stavkalari har xil bo‘ladi.
Misol uchun, beshinchi toifaga kiruvchi 20 ta eng og‘ir sharoitli tuman uchun:
• aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilanadi;
• mazkur tumanlardagi tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning atigi 1 foizini to‘laydi;
• yakka tadbirkorlar qat’iy stavkadagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
"Xuddi shunday, boshqa toifadagi tumanlarda kreditlarga pasaytirilgan foiz stavkalarini qo‘llash, infratuzilma xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish kabi bir qator yengilliklar beriladi. Byudjet xarajatlari, aholi va tadbirkorlar oldidagi majburiyatlarimizni qisqartirmagan holda, biznesga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz",deydi Prezident .
LiveBarchasi