Endi tuman va shahar hokimi nomzodini deputatlar ko‘rsatadi

Jamiyat

image

Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP s’ezdida so‘z ochdi.

“Yangi O‘zbekiston – kuchli qonunchilik, ijro va sud hokimiyati, fuqarolik jamiyati institutlari samarali faoliyat ko‘rsatadigan, “Davlat – xalq xizmatchisi” tamoyili amal qiladigan demokratik davlatdir.

Shu munosabat bilan “Xalqchil davlat” milliy dasturi, Xalq qabulxonalariga konstitutsiyaviy maqom berish va ularning faoliyati to‘g‘risida alohida qonun ishlab chiqish vaqti yetdi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, mahallada fuqarolar uchun davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, davlat organlariga mahalladan turib murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tuman, shahar, viloyat vakillik va ijro hokimiyati tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Kelgusida tuman va shahar kengashlarida kamida 2-3 nafar deputat doimiy asosda ishlaydigan tartib joriy etiladi.

Kelgusi yildan 28 ta tuman va shaharda eksperiment tariqasida hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilish bo‘yicha hokimliklarning vakolat va imkoniyatlari kengaytiriladi.

Endi hokimliklar o‘zining va hududiy ijro idoralarining shtat birligi va tuzilmalarini kengash bilan bamaslahat mustaqil belgilaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing