Tuxum haqidagi haqiqatlar: mahsulotni qay tarzda pishirgan ma’qul? 

Salomatlik

image

Focus.de portali mutaxassislari tuxumning ijobiy va salbiy xususiyatlarini sanab o‘tdi, shuningdek bu mahsulotdan muntazam foydalanishning oqibatlari haqida ma’lumot berdi. Ular tuxumning zararli ekani haqidagi mish-mishlarni rad etgan.

Ta’kidlanishicha, uzoq vaqt davomida tuxumning zararli xolesterinning asosiy manbai va natijada yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga (insult, ateroskleroz) sabab bo‘lishi aytilib, u zararli mahsulot deb tasniflangan. Biroq, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar nafaqat bu da’voni rad etdi, balki bunday kasalliklarga qarshi kurashda tuxumning foydasini ham ko‘rsatdi. 

Qayd etilishicha, haftasiga 5 tagacha tuxum iste’mol qilganlar, mahsulotni juda kam iste’mol qilganlarga qaraganda, yurak xastaligi xavfini 10 foizga kamaytirgan. 

Biroq, Amerika Kardiologiya kolleji jurnali maqolasida bu xulosa shubha tug‘dirgan. Olimlarning fikricha, britaniyalik hamkasblarning tadqiqotida to‘liq ratsion hisobga olinmagan. Ya’ni, kletchatkaga boy meva, sabzavotlar va kundalik mashqlar xolesterin miqdorini tushirishga yordam berishi ma’lum. 

Shuningdek, Germaniya ovqatlanish jamiyati diabet yoki yurak xastaligidan aziyat chekadiganlar uchun haftasiga uch-to‘rtta tuxum iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Shved olimlari bu ko‘rsatkichni oltita tuxumgacha oshirish mumkinligini aniqlagan. 

Shuningdek, maqola mualliflari tuxumni pishirish usuliga e’tibor berishgan: yumshoq qovurilgan tuxumlarni hazm qilish ancha osonligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, o‘simlik yog‘ini tanlash va pomidor qo‘shish tuxumning muvozanatli bo‘lib chiqishiga xizmat qilishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing