To‘qayev va Rahmon Dushanbeda galstuklarsiz uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kecha, 19 may kuni Dushanbega kelgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni hukumatning Varzob tumanidagi qarorgohiga taklif qildi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri yozmoqda.

“Davlat rahbarlari manzarali, betakror tabiat va zilol suvlarni ko‘zdan kechirdilar va norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar”, deyiladi Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmati xabarida.

Qozog‘iston Prezidentining rasmiy tashrifi marosimi bugun, 20 may kuni poytaxt Dushanbening Xalq saroyida boshlanadi.

Unda tor va keng doirada tojik-qozoq muzokaralari bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng hukumatlararo shartnomalarning yangi to‘plami imzolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing