To‘qayev o‘zining vakolatlarini qisqartiruvchi qonunni imzoladi

Olam

image

Bugun, 5 noyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart To‘qayev davlat rahbarining vakolatlarini qisqartiruvchi qonunlarni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun Prezidentning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Sudyalar oliy kengashiga nisbatan ayrim vakolatlarini qisqartirish, Parlament Senatida “prezidentlik kvotasi” deb ataladigan miqdorni qisqartirish, shuningdek, Prezident lavozimida bo‘lish vaqtida uning vakolatlariga muayyan cheklovlarni joriy etishni nazarda tutadi.

Shuningdek, hujjatlarda parlamentda aralash saylov tizimiga o‘tish munosabati bilan parlament palatalarini shakllantirish tartibiga oid tuzatishlar kiritilgan. Aralash saylov tizimiga o‘tish munosabati bilan butun saylov tizimini qayta quriladi. Deputatlik mandatini chaqirib olish bo‘yicha yangi institut joriy etiladi.

Bir qator o‘zgartishlar siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun son chegarasini 20 mingdan 5000 a’zoga kamaytirish, siyosiy partiyalarning hududiy vakolatxonalari minimal soniga 600 dan 200 kishigacha kamaytirish, shuningdek, siyosiy partiyani tashkil etish bo‘yicha fuqarolar tashabbuskor guruhining eng kam soniga qo‘yiladigan talablar mingdan 700 gacha pasaytirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, siyosiy partiyani tashkil etish bo‘yicha ta’sis qurultoyi muddatini 2 oydan 3 oyga oshirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Avvalroq,Qozog‘iston parlamenti mamlakat yetakchisining qarindoshlariga siyosiy faoliyat olib borishni taqiqlovchi tuzatishlarni qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing