To‘qayev O‘zbekistonga kelyapti
Olam
−
19 dekabr 2022
8120O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi