To‘qayev O‘zbekistonga havas qilishini aytdi
Olam
−
23 yanvar 2022 21230 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekistondagi neft zavodlariga havas qiladi. Bu haqda To‘qayevning o‘zi bugun, 23 yanvar kuni biznes vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Biz SSSR davrida qurilgan neft-gaz sohasidagi mavjud zavodlarni ta’mirlash bilan ovoramiz. Qo‘shnimiz O‘zbekiston esa allaqachon 2-3 ta yangi zavodni qurishni uddasidan chiqdi. Bir qarashda odamning havasi keladi”, deydi To‘qayev.
Avvalroq, Qozog‘iston Prezidenti soliq to‘lamaydigan eng daromadli, gigant korxonalardan to‘lamay kelayotgan soliqlarini joyiga qo‘yib qo‘yishlarini talab qilgan edi.
Shuningdek, xorijlik ishchilar uchun kvotalar oshirilishiga qarshi chiqqandi.
Live
Barchasi