To‘qayev Toshkentga keldi
Jamiyat
−
21 dekabr 2022 7583 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 21 dekabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat o‘tkazdilar.
Shundan so‘ng Qozog‘iston yetakchisi "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurib, an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Qosim-Jomart To‘qayev majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Live
Barchasi