To‘qayev Rossiyadan yuz o‘girgan kompaniyalarni Qozog‘istonga og‘dirib olmoqchi
Olam
−
14 iyul 2022
7064Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki ushbu bozorni butunlay tark etgan yirik xorijiy kompaniyalarning mamlakatga ko‘chib o‘tishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
“Deyarli 1400 ga yaqin yirik xorijiy kompaniyalardan har ikkinchisi o‘z faoliyatini to‘xtatdi yoki Rossiya bozorini butunlay tark etdi. Hukumat ularning Qozog‘istonga ko‘chirilishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi kerak. Bu bizga o‘rta va yuqori qiymatdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyatlar beradi”, deydi Prezident.
To‘qayev hukumat rasmiylariga ishlab chiqarish sanoatida investitsiya loyihalari jamg‘armasini tayyorlash va potensial investorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish bo‘yicha bergan topshirig‘ini ham eslatib o‘tgan.
“Bu ish hali ham yig‘ilish va uchrashuvlar rejimida olib borilmoqda. Aniq natijalarga kelsak, hali maqtanadigan narsa yo‘q. Yangi loyihalar deyarli yo‘q. Yana bir bor ta’kidlayman loyihalar birinchi navbatda hududlarda, joylarda amalga oshirilmoqda. Demak, investitsiyani jalb qilish va yakuniy natijaga erishish bo‘yicha hokimlarga qo‘yiladigan talabi vazirliklar bilan bir xil bo‘ladi”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.
LiveBarchasi