To‘qayev Putinga vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi
Olam
−
08 yanvar 2022
12932Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. U suhbatda mamlakatdagi mavjud vaziyat haqida batafsil ma’lumot bergan. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Prezidenti mamlakatdagi mavjud vaziyat haqida batafsil ma’lumot berib, uning barqarorlashuv sari rivojlanayotganini ta’kidlagan hamda KXSHTdagi hamkorlar, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan.
“Prezidentlar Qozog‘istonda tartib o‘rnatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ham fikr almashdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, suhbat chog‘ida Qosim-Jomart To‘qayev Kollektiv xavfsizlik kengashining videokonferensiya o‘tkazishni taklif qilgan.
“Vladimir Putin To‘qayevning taklifni qo‘llab-quvvatladi. Doimiy aloqada bo‘lishga kelishib olindi”, deyiladi Matbuot xizmati xabarida.
LiveBarchasi