To‘qayev prezidentlik vakolatini uzaytirish niyatidami?

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘z vakolat muddatini referendum orqali uzaytirish niyati yo‘qligini aytdi. Bu haqda “Oqo‘rda” saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha referendum joriy yilning 5 iyuniga belgilangan.

“Mendan mamlakat ichida va xorijda amaldagi davlat rahbari sifatida o‘z vakolatimni referendum yo‘li bilan uzaytirishim haqida so‘rashmoqda. Men javob beraman: bunday niyatim bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham”, deydi To‘qayev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda birinchi marta Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkaziladi va unga xorijdagilar, shuningdek qozog‘istonliklar ham qiziqish bildirmoqda. 

“Bu ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga bo‘lgan keng ijtimoiy talab va odamlarning bo‘lajak o‘zgarishlarga ishonchi haqida gapiradi. Bu tabiiy hol, chunki islohotlar alohida shaxslar, jumladan, Prezidentning imtiyozlarini oshirish uchun emas, balki butun jamiyat manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing