To‘qayev Nurdinjon Ismoilovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Olam

image

O‘zbekiston parlamenti Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi.

“Akorda” e’lon qilgan suratlardan ko‘rish mumkinki, uchrashuvda To‘qayev O‘zbekiston parlamenti spikerini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlagan.

Qozog‘iston Prezidentining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Qozog‘iston uchun qardosh davlat va ishonchli hamkordir.

“Biz munosabatlarimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Bizning ittifoqchilik munosabatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va madaniy sohalar kabi keng qamrovga ega”, degan To‘qayev.

Toqayev Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligini ittifoqchilik darajasiga olib chiqish imkonini bergan Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yilning dekabr oyida Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlarini ham yuqori baholagan.

O‘z navbatida Nurdinjon Ismoilov Qosim-Jomart To‘qayevga uchrashish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklari va iliq salomlarini yetkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made