To‘qayev xorijdan migrantlar olib kelishni to‘xtatishni buyurdi

Olam

image

Bugun, 21 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev biznes vakillari bilan uchrashuvda xorijlik ishchi (migrant – tahr.)lar uchun kvotalar oshirilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

“Ayrim tadbirkorlar xorijlik ishchilar uchun kvotalarni kengaytirish g‘oyasini ilgari surishi to‘g‘ri emas deb hisoblayman. Bu faqat mamlakatda chindan ham tanqis bo‘lgan tor ixtisoslashgan mutaxassislarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Go‘yoki qozog‘istonliklar katta maosh talab qilishi yoki yetarlicha mehnatkash emasligini vaj qilib, ishchilarni yoppasiga chetdan olib kelish zarurligi haqidagi gaplarni bas qilish zarur”, deydi To‘qayev uchrashuvi chog‘ida.

Davlat rahbari “mamlakatda ishga layoqatli fuqarolar, ayniqsa, yoshlar yetarli miqdorda” ekanini ham ta’kidladi. 

Shuningdek, Qozog‘istonda yetishmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha chet ellik ishchilarni olib kirishga qarshi emasligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, keyingi yillarda Qozog‘istonga Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan mehnat muhojirlari oqimi sezilarli darajada oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

584

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made