To‘qayev Qozog‘istonda bolalar qozoq va rus tillarini bilishi shartligini aytdi
Olam
−
01 Sentabr 2022
5177Qozog‘istondagi bolalar ham qozoq, ham rus tillarini yaxshi bilishlari kerak, bu ularning manfaatlariga mos keladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 1 sentyabr kuni xalqqa qilgan Murojaatnomasida so‘z ochdi.
"Hozir jamiyatda maktablarda qozoq va rus tillarini o‘rgatish bo‘yicha muhokamalar ketmoqda. Men buni aniq aytaman: biz qozoq va rus tillarini yaxshi biladigan bolalarni tarbiyalashimiz kerak", deydi u.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, qozoq va rus tillarini o‘rganish yosh avlod manfaatlariga aynan mos.
“Ta’lim vazirligi populistlar tomonidan boshqarilmasligi va aynan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ishlashi kerak”, deydi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Ta’lim vaziri Asxat Aymagambetov yangi o‘quv yilidan boshlab Qozog‘istondagi maktablarda birinchi sinf o‘quvchilariga rus tilini o‘rgatish bekor qilinganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi