To‘qayev Qozog‘iston Rossiyadan voz kechmasligini aytdi

Olam

PT

Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda do‘stlik va ittifoqchilik saqlanib qolgan, respublika rasmiylari do‘stona munosabatlar mustahkamlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 15 iyun kuni “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ittifoqchilik uzviyligi to‘liq saqlanib qolgan. Nima bo‘lganda ham, men davlat rahbari sifatida mamlakatlarimiz o‘rtasida chinakam do‘stona munosabatlar saqlanib qolishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaman”, deydi u.

U Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik abadiy bo‘lishi kerakligini ham qo‘shimcha qildi.

To‘qayevning fikricha, Qozog‘iston rasmiylari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimiga qaramay, Rossiya oldidagi ittifoqchilik majburiyatlaridan voz kechmagan.

“Qozog‘iston hech qanday holatda o‘zining ittifoqchilik majburiyatlaridan voz kechmaydi, bu noto‘g‘ri va oxir-oqibat kelajak nuqtai nazaridan asossiz bo‘lar edi. Ishonchim komilki, Rossiya hozirgi qiyinchiliklarni yengib o‘tadi, bu katta davlat, adolatli davlat. Rossiya, o‘tgan tajriba shuni ko‘rsatadiki, u ekstremal vaziyatlarda juda yaxshi ishlaydi”, deydi To‘qayev.

Bundan tashqari, Qozog‘iston yetakchisi mamlakat amaldagi sanksiyalar rejimini buzmasdan Rossiya bilan hamkorlik qilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing