To‘qayev DXR va LXR haqidagi bayonotidan so‘ng Putin u bilan qanday munosabatdaligini aytdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Vladimir Putin bilan yaqin munosabatda va o‘zi bundan xursand. Bu haqda u Qatar iqtisodiy forumi panel sessiyasi mezboni bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

U, shuningdek To‘qayev Qozog‘iston ayirmachilar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligi haqidagi bayonotidan so‘ng Putinning unga nisbatan munosabati qandayligini ham ochiqlagan. 

“Forumdan so‘ng biz juda yaxshi uchrashuv o‘tkazdik. Biz Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga oid aniq masalalarni muhokama qildik. U juda xotirjam va o‘ziga ishongan holda gapirdi”, deydi To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyun kuni Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Qozog‘iston Donetsk va Lugansk xalq respublikalari kvazi-davlat, ya’ni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan hududlarning mustaqilligini tan olmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing