To‘qayev BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi
Olam
−
08 iyun 2023
3954Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Birlashgan Millatlar Tashkiloti yagona universal global tashkilot bo‘lib qolayotgan bo‘lsada, uning Xavfsizlik Kengashi isloh qilinishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda u bugun, 8 iyun kuni Ostona xalqaro forumining yalpi majlisida aytib o‘tdi.
“Biz BMT tashkil etilganidan buyon qurilgan dunyo tartibi asoslariga putur yetkazilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. BMT barchamizni birlashtirgan yagona universal global tashkilot bo‘lib qolmoqda. Biroq Xavfsizlik Kengashining keng qamrovli islohotisiz bu muammoga dosh bera olmaymiz”, degan To‘qayev.
Shuningdek, Qozog‘izston yetakchisi BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibida “o‘rta kuchlar” vakillarining ovozi salmoqliroq bo‘lishi va eshitilishi uchun uni o‘zgartirishni taklif qilgan.
“Bizni ajratgan sobiq “blok” fikri 30 yildan so‘ng qaytib kelganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Bo‘linish kuchlari faqat geosiyosiy xususiyatga ega emas. Ularning iqtisodiy ta’siri ham bor. Iqtisodiy siyosatning o‘zi ochiqdan-ochiq qurol sifatida qo‘llaniladi. Bu muxolifatga sanksiyalar va savdo urushlari, maqsadli qarz siyosati, moliyalashtirish manbalariga kirishni cheklash yoki ulardan ajratish va investitsiyalarni nazorat qilish kiradi. Bu omillar birgalikda so‘nggi o‘n yilliklardagi global tinchlik va farovonlik asosi bo‘lgan poydevorga: erkin savdo, global investitsiyalar, innovatsiyalar va adolatli raqobatga asta-sekin putur yetkazmoqda”, degan Qozog‘iston rahbari.
Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi omillar oqibatida dunyoda ishonchsizlik kuchayib bormoqda, bu esa taniqli xalqaro forumlar, mavjud asoslar, xavfsizlik rejimlari, yadro qurolini tarqatmaslik mexanizmlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Shunday qilib, biz noaniqlik, kuchayib borayotgan beqarorlik va mojarolarga duch kelyapmiz. Bu, o‘z navbatida, hech narsaga kafolat bermaydigan so‘nggi qurollarga sarflanadigan xarajatlarni ko‘paytirishni rag‘batlantirmoqda. Yarim asrda birinchi marta yadro qurolidan foydalanish istiqboliga duch kelayotganimiz ham buni tasdiqlaydi. Bularning barchasi biz zudlik bilan ekzistensial iqlim o‘zgarishi tahdidiga e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan bir paytda sodir bo‘lmoqda”, deya tushintirgan To‘qayev.