To‘qayev ayol kishini Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimiga tayinladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Elvira Azimovani Respublika Konstitutsiyaviy sudi raisi etib tayinladi. Bu haqda bugun, 29 dekabr kuni P rezident matbuot xizmati xabar berdi. 

“Elvira Abilxasimovna Azimova 2023 yil 1 yanvardan boshlab Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi etib tayinlansin”, deyiladi Prezident farmonida. 

49 yoshli Azimova bungacha Qozog‘istonda inson huquqlari bo‘yicha ombudsman bo‘lib ishlagan. O‘tgan yillar davomida u Respublika Adliya vazirining o‘rinbosari, Qozog‘iston Adliya vazirligining Xalqaro shartnomalarni ekspertiza qilish departamenti direktori bo‘lgan. 

2023 yil 1 yanvardan Qozog‘istonda Konstitutsiyaviy kengash tarkibidan o‘zgartiriladigan Konstitutsiyaviy sud ishlay boshlaydi. Bunday o‘zgartirish davlatning inson huquqlari institutlarini mustahkamlash va fuqarolarning konstitutsiyaviy nazoratdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 

Qozog‘istonlik siyosatshunos Daniyor Ashimbayevning qayd etishicha, Azimovaning Konstitutsiyaviy sud raisligiga tayinlanishi qat’iy qadamdir.  

"68 yoshli Qayrat Mami Konstitutsiyaviy kengash rahbari lavozimini tark etmoqda. Yangi Konstitutsiyaviy sudni sobiq Ombudsman Elvira Azimova boshqaradi. Kuchli qadam",  deb yozdi u Telegram-kanalida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing