To‘qayev 2029 yilgacha Qozog‘iston Prezidentligiga saylandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonda kecha, 20 noyabr kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari exit-poll ma’lumotlari e’lon qilindi. “Ochiq jamiyat” xalqaro mintaqaviy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra,“exit-poll” natijalari quyidagicha: 

Karakat Abden – 2, 54 foiz ovoz; 
Nurlan Auyesboyev – 2,17 foiz; 
Jiguli Dayraboyev – 3,33 foiz;
Meyram Kajiken – 2,23 foiz;
Qosim-Jomart To‘qayev – 82,45 foiz; 
Saltanat Tursinbekova – 2,08 foiz;
Barchaga qarshi – 5,2 foiz ovoz. 

Bundan tashqari, institut ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ro‘yxatgaa olingan saylovchilarning 68, 7 foizi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etgan. 

Jamoat siyosati instituti tomonidan o‘tkazilgan yana bir so‘rov natijalariga ko‘ra, “exit-poll” natijalari quyidagicha bo‘lgan: 

Karakat Abden – 2,61 foiz ovoz; 
Nurlan Auyesbayev – 1,93 foiz; 
Jiguli Dayraboyev – 2,67 foiz; 
Meyram Kajiken – 2,43 foiz; 
Qosim-Jomart To‘qayev – 85,52 foiz; 
Saltanat Tursinbekova – 1,44 foiz;
Barchaga qarshi – 3,4 foiz. 

Ma’lumot uchun, exit-poll – jahon sotsiologik amaliyotida fuqarolarni ovoz berishda qo‘llaniladigan, sotsiologik xizmatlar tomonidan ovoz berishdan keyin saylov uchastkalaridan chiqishda o‘tkaziladigan tartib.

Eslatib o‘tamiz, Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti lavozimini 2019 yildan buyon egallab kelmoqda. Unga ushbu lavozim mamlakatning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevdan meros qoldi. 2022 yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan qonli fojialar ortidan mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, davlat rahbari bir marta 7 yilga saylanishi belgilandi. Shunga ko‘ra, navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazildi. O‘tkazilgan saylov natijalariga ishonilsa, To‘qayev 2029 yilgacha Prezident lavozimida qoladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qlsim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar