To‘qayev hukmron partiya tarkibidan chiqdi
Olam
−
27 aprel 2022
5517Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 26 apreldan boshlab hukmron “Amanat” (sobiq “Nur Otan”) partiyasi raisligidan iste’foga chiqqanini va partiyani tark etganini ma’lum qildi. Bu qarorini u partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida e’lon qildi.
U partiyaning yangi yetakchisi lavozimiga Qozog‘iston parlamenti Majilisi spikeri Yerlan Koshanov nomzodini ilgari surdi. Qurultoy ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, qurultoy ishtirokchilari “Adal” partiyasining hukmron partiya bilan birlashishni ma’qullagan.
“Nur Otan” partiyasi (“Nur Otan”, tarjimasi “Vatan nuri”) 1999 yilda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, unga rahbarlik qilgan Nursulton Nazarboyev taklifi bilan tuzilgan. Yanvar oyida To‘qayev partiya yetakchisi bo‘ldi, 1 martdan esa uning nomi “Amanat” deb o‘zgartirildi.
Mart oyi oxirida “Adal” siyosiy partiyasi hokimiyatdagi partiyaga qo‘shilish niyatini e’lon qilib, To‘qayevning ish uslubini “qattiq yoqtirishini” ta’kidladi.
“Adal” (sobiq “Birlik”) partiyasi 2013 yilda “Adilet” va “Ruxoniyat” partiyalarining birlashishi natijasida tuzilgan. 2021 yilgi parlament saylovlarida saylovchilarning 3,54 foizi partiya uchun ovoz berdi, partiya oxirgi beshinchi o‘rinni egallab, parlamentga kirmadi.
LiveBarchasi