To‘g‘ri nonushta uchun 6 maslahat

Foydali

image

Nonushta, bundan oson ish bo‘larmikan? Ishga yoki o‘qishga ketayotib, yo‘l-yo‘lakay ermak qilish uchun oshxondan yoki do‘kondan biror yegulik olsangiz, shuda nonushta, deysizmi? Albatta, bunday emas. Quyida nonushtaning muhimligi, to‘g‘ri nonushta uchun nima iste’mol qilish va ertalab nimalarni yeyishdan tiyilish kerakligi to‘g‘risida so‘z boradi. 

Barchamiz nonushta muhim va zarurligini bilsak-da, uni qilmaslik uchun juda ko‘p sabablar topamiz. 

Nonushta qilmaslik uchun eng keng tarqalgan 3 ta bahona:

•  Menda vaqt yo‘q;

•  ertalab hech nima yegim kelmaydi;

•  men parhezdaman.

Nega nonushta muhim?

•  Nonushta kun davomida organizm uchun kerak bo‘ladigan minimal kuch va energiyani beradi. U bilan ish samaradorligi o‘rtacha 30 foizga oshadi;

•  nonushta kun davomida ochlikni nazorat qilishdir. Nonushta qilgan kishi ish yoki dars vaqtida ovqatlanish, ochlik haqidagi xayollar bilan bezovta bo‘lmaydi;

•  nonushta xotira va e’tiborni yaxshilaydi. Nonushta qilgan kishi esa diqqatni jamlashda qiynalmaydi va ma’lumotni oson eslab qoladi. Bunday odamlarning yo‘l transport hodisasiga tushib qolish ehtimoli juda past bo‘ladi;

•  nonushta – stressdan qutulish. Ertalab muntazam va to‘g‘ri ovqatlanadigan odamlar nonushta qilmaydigan hamkasblariga qaraganda 50 foizga ko‘proq stressga chidamli bo‘ladi;

•  nonushta – ortiqcha vazndan qochish yo‘li. Ertalab yaxshi ovqatlangan kishi, tushlikda ortiqcha ovqatlanmaydi, yog‘ga boy bo‘lgan, tez tayyor bo‘ladigan, nosog‘lom ovqatlarga kamroq ehtiyoj sezadi;

•  nonushta kayfiyatni yaxshilaydi.

Ko‘rib turganimizdek nonushtadan voz kechmaslik uchun yetarlicha sabab bor. Shu bilan birga nonushta paytida nima yeyishimiz ham muhimdir. 

Nonushta uchun mos 6 mahsulot:


1. Eng foydali nonushta bu – yorma. Haqiqat shundaki, bo‘tqa murakkab uglevodlar va energiyaning manbai hisoblanadi. 

2. Baliq ham kunni boshlashning eng yaxshi usullaridan biridir. E’tibor berish kerak bo‘lgan yagona narsa – bu baliqning yog‘li tarkibidir. Yog‘li baliq nonushta uchun to‘g‘ri kelmaydi, lekin qaynatilgan yoki pishirilgan baliq juda mos. 

3. Sabzavotlar va mevalar ham organizm uchun kunning yaxshi boshlanishi demakdir. Bu, ayniqsa, vaqti kam yoki ertalab ishtahasi bo‘lmaydigan bahonakashlar uchun ajoyib yechim. 

4. Qaynatilgan tuxum – tez, mazali, to‘yimli va eng sodda nonushta. Agar unga yana ko‘kat va maydalangan yoki pishirilgan sabzavot qo‘shilsa, nonushta uchun deyarli mukammal variant bo‘ladi.

5. Qaynatilgan, yog‘siz sho‘rva shoshqaloq va ertalab kuchli ovqat yeyolmaydiganlar uchun ajoyib imkoniyat. Sho‘rva uzoq muddatli to‘yinganlik hissini beradi. Undan tashqari, ovqat hazm qilishni normallashtiradi va tanani muammosiz uyg‘onishiga imkon beradi. 

6. Kefir va yogurt ham nonushta uchun mos keladi. Agar ularni bo‘tqa va quritilgan mevalar bilan aralashtirilsa yanada ajoyib. Shunda mikro va makro elementlarga boy to‘liq nonushta bo‘ladi. Shunindek, ochlik hissi uzoq vaqt davomida bezota qilmaydi.

Nonushtada tavsiya etilmaydigan mahsulotlar:

•  Qovurilgan go‘sht, kartoshka, tuxum bilan nonushta qilmagan ma’qul. Qovurish bu mahsulotlarning barcha afzalliklarini yo‘q qiladi. Bundan tashqari, hali yarim uxlab yotgan tanaga hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan turli xil birikmalar yuklansa, kun bo‘yi tushunarsiz og‘riqdan yoki noqulaylikdan azob chekish mumkin;

•  ertalabdan kolbasa “sendvichi” yeyish shunchaki ovqat hazm qilish tizimini masxara qilishdir. Bundan tashqari, kolbasa tarkibdagi konservantlar, ta’m kuchaytirgichlar va rang beruvchi moddalar tufayli sog‘lom mahsulot hisoblanmaydi. Kolbasa tarkibida ishtahani kuchaytiradigan va rag‘batlantiradigan ko‘plab qo‘shimchalar mavjud. Ularning ba’zilari qizilo‘ngach saratoniga olib keladi;

•  chips va “suxarik”lar. Avvalo, bunday mahsulotlar tarkibi yog‘ga juda boy hisoblanadi. Shuningdek, ushbu mahsulotni tayyorlash uchun eng arzon yog‘ ishlatiladi. Bunday mahsulotlarning tarkibi ta’m kuchaytirgichlarga boy bo‘ladi, bu esa ochlikni darhol oshiradi. Eng achinarlisi shundaki, ushbu mahsulotlardan organizm uchun mutlaqo foyda yo‘q.

•  qadoqlangan sharbatlar ham kunni boshlash uchun eng yaxshi tanlov emas. Aslida sharbatlar tarkibiga shakar qo‘shilmasligi kerak, ammo amalda barchasi boshqacha.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing