Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan o‘quvchi kuyish jarohatini olib, shifoxonaga tushdi

Jamiyat

image

Tug‘ilgan kun va boshqa marosimlarda sovg‘a tariqasida gaz to‘ldirilgan rang-barang sharlarni sovg‘a qilish urfga aylangan. Biroq, bir necha soniyalik quvonch bir umrlik afsuslarga sabab bo‘lmoqda. 

Joriy yilning 9 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi M.G.ga 16 qarshilagani munosabati bilan metan gaz to‘ldirilgan sharlar sovg‘a qilishadi. Uyda o‘tayotgan tug‘ilgan kuni marosimida tort ustiga shag‘am yoqib, xonaga olib kirayotgan vaqtida xonadagi metan gazi bilan to‘ldirilgan shar yorilib ketishi oqibatida alanga hosil bo‘ldi.

Natijada M.G. kuyish jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing