Tug‘ilajak farzandingizni ishonchli qo‘llarga topshiring
Salomatlik
−
28 noyabr 2022
10307O‘zbekistonda yiliga 900 000 dan ortiq chaqaloqlar tug‘ilishi qayd qilinadi. Tug‘ruqlarning 35 mingdan ortig‘i, ya’ni O‘zbekiston buyicha umumiy tug‘ruqlarning 6% ini erta tug‘ruqlar tashkil etadi. Bu raqam farzand kutayotgan har qaysi ota-onani o‘ylantirib qo‘yishi, yuragiga hadik solishi, tabiiy. Ayniqsa, bugun salomatligimizga e’tiborsiz bo‘lib, shifokorlarning tavsiya va qat’iy talablari bajarilmay kelinayotgan va atrofimiz COVID-19 kabi ona uchun ham, bola uchun ham xavfli viruslar tarqalgan davrda xavotirimiz bir necha daraja yuksaladi. Biroq, O‘zbekistonda allaqachon ko‘p yillik tajriba va professionallikka asoslangan, eng ilg‘or texnologiyalarga ega, ham ona, ham bola salomatligiga mas’ul Respublika perinatal markazi qoshida Konsultativ-diagnostika poliklinikasi faoliyat yuritib kelmoqda.
Ma’lumki, muddatidan avvalgi tug‘ruqlar asosan Perinatal markazlarda olib boriladi. Erta tug‘ruqlar natijasida kichik vaznli – 2000 grammgacha va o‘ta kichik vaznli – 1000 grammgacha bo‘lgan chaqaloqlar tug‘ilishi kuzatiladi. Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda esa turli perinatal o‘zgarishlar xavfi kuchayadi.
Onalar va bolalar sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida mana 10 yildirki, Respublika perinatal markazi qoshida Konsultativ-diagnostika poliklinikasi o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.
Shu davr oralig‘ida O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Poliklinikada “Ayollar va bolalar Katamnezi” yo‘lga qo‘yildi. Katamnez – bu asoratlangan anamnezli ayollarni xamda bu ayollardan tug‘ilgan perinatal xavfi kuchli bo‘lgan, kichik va juda kichik vaznda tug‘ilgan chaqaloqlarni bir yil davomida dinamik kuzatuvi – monitoringini tashkil etishdir.
Ayollar katamnezida barcha ayollar va homiladorlarning nazorati akusher-ginekolog va tor mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Sog‘lom bo‘lmagan onalarda erta tug‘ruqlar sodir bo‘lish foizi kuchayishi kuzatiladi. Har bir ayolni homiladorlikka tayyorlab, homilador bo‘lgach, xavf omillarini o‘z vaqtida bartaraf etib, xavf omillari aniqlanganda o‘z vaqtida statsionar davolanishga yo‘llab, doimiy nazoratda olib borish homiladorlik va tug‘ruq jarayonidagi asoratlarni kamaytiradi. Markazda asosan asoratlangan anamnezli ayollarga, ya’ni og‘ir somatik kasalliklari bo‘lgan, 2 va undan ortiq homila tushishi, 2 va undan ortiq homilani vaqtidan oldin tug‘ilishi, anamnezida antenatal homila nobud bo‘lganligi, 2 va undan ortiq bachadon chandig‘i, yo‘ldosh oldinda kelishi va uni bachadonda o‘sib ketishi bo‘lgan ayollarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Markazda zamonaviy yuqori texnologiyalar asosida ultratovush va doppler tekshiruvlari o‘tkazilib, ayollardagi perinatal xavf omillarini erta tashxislash, homila nuqsonlarini o‘z vaqtida aniqlash yo‘lga qo‘yilgan.
Katamnez bo‘yicha har bir erta tug‘ilgan bola neonatolog, otolaringolog tekshiruvi va audioskrining, oftalmolog ko‘rigi va oftalmoskopiya, neyrosonografiya va bolalar nevropatologi, bolalar jarrohi, o‘smirlar va bolalar ginekologi ko‘rigidan o‘tadi. Har bir bola uchun individual tekshiruv va nazorat kartalari yuritiladi.
Markazda 2013 yildan boshlab yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda eshitish qobiliyati audioskriningi o‘tkazilib, eshitishi zaif deb baholangan bolalar Koxlear implantatsiyasi uchun o‘z vaqtida yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, har bir muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloq retinopatiya skrining tekshiruvidan o‘tishi zarur.
Katamnezning yana bir eng ahamiyatga ega tekshiruvlaridan biri – oftalmoskopiya. Markazda birinchilar katorida muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalar retinopatiyasiga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash uchun lazer koagulyatsiya jarrohligini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa bolalardagi ko‘rlik xavfini o‘z vaqtida oldini olish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, Konsultativ-diagnostika poliklinikasida kam vaznli chaqaloqlarni parvarish va reabilitatsiya qilish, homilada tug‘ma nuqsoni bo‘lgan ayollarni chuqur antenatal tekshiruvlardan o‘tkazish, tug‘uruq vaqti va usuli rejasini ishlab chiqish hamda uni samarali tashkil etish kabi vazifalar bajarib kelinmoqda.
Respublika perinatal markazida juda katta amaliy va ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, bu yerda 6 ta fan doktori, 18 fan nomzodlari va 27 ta oliy toifali shifokorlar faoliyat yuritadi.
Konsultativ-diagnostika markazi telefoni: +998 71 260 28 73
Manzil: Toshkent shahar, Bog‘ishamol ko‘chasi 223-uy.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.perinatal-center.uz
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
LiveBarchasi