Sukerbergdan Xarrisgacha. Rossiya 29 amerikalikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Rossiya Meta asoschisi Mark Sukerberg va AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarrisga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bundan tashqari, ro‘yxatga yana 29 nafar amerikalik kiritilgan. Bu haqda TASS mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, xabar berdi.

“Stop ro‘yxatiga rusofob kun tartibini tashkil etuvchi yetakchilar, biznesmenlar, ekspert va jurnalistlar orasidan 29 nafar amerikalik, shuningdek, bir qator yuqori martabali amaldorlarning turmush o‘rtog‘i kiritilgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, bu chora Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kengayishi sabab qo‘llanilgan. Mamlakat sanksiyalar ostida qolganlarga Rossiyaga kirishni noaniq muddatga taqiqlanadi. Quyida Rossiya “qora ro‘yxat”iga tushgan amerikaliklarning ismlarini keltiramiz:

•  Ketlin Xiks — Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari;
•  Kristofer Greydi — shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
•  Jon Kirbi — Mudofaa vaziri o‘rinbosari, Mudofaa vazirligi vakili;
•  Ronald Klyayn — Oq uy apparati rahbari;
•  Eyvan Rayan — Prezident mahkamasi kotibi, Davlat kotibi Entoni Blinkenning rafiqasi;
•  Margaret Gudlender — Bosh prokuror maslahatchisi, milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchi Jon Sallivanning rafiqasi;
•  Duglas Emxoff — vitse-prezident Kamalla Xarrisning eri
•  Robert Kagan — siyosatshunos, Davlat kotibi katta o‘rinbosari Viktoriya Nulandning eri;
•  Reynolds Prays — Davlat departamenti matbuot kotibi;
•  Reychel Levin — Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari;
•  Brayan Moynixan — “Bank of America” raisi va bosh direktori;
•  Keti Uorden — “Northrop Corporation” prezidenti va bosh direktori;
•  Fibi Novakovich — “General Dynamics” prezidenti;
•  Maykl Petters — “Huntington Ingalls Industries” kompaniyasi prezidenti;
•  Uilyam Braun —  “L3Harris Technologies” kompaniyasi prezidenti;
•  Vahid Navabi – “AeroVironment” prezidenti;
•  Rojer Crown – “Leidos” prezidenti;
•  Horatio Rozanskiy – “Booz Allen Hamilton” prezidenti;
•  Eylin Dreyk — “Aerojet Rocketdyne” prezidenti;
•  Devid Deptua — “Mitchell Institute of Aerospace Power Studies” instituti rahbari;
•  Rayan Roslanskiy —  “LinkedIn” ijtimoiy tarmog‘ining bosh direktori;
•  Jorj Stefanopulos — ABC teleboshlovchisi;
•  Metyu Kronig — Strategik xavfsizlik bo‘yicha B. Skoukrofta markazi nodavlat tashkiloti direktori o‘rinbosari;
•  Devid Ignatius - jurnalist, V.Vilson markazi eksperti;
•  Edvard Asevedo – Illlinoys shtati Qonunchilik assambleyasining sobiq a’zosi, “V.Vilmson markazi” eksperti;
•  Kevin Rotrok — “Sentra V.Vilsona” eksperti, Meduza media portalining ingliz tilidagi versiyasi bosh muharriri (Adliya vazirligi nashrni xorijiy OAV agentlari reyestriga kiritgan);
•  Bianna Vitalevna Golodriga — CNN katta xalqaro tahlilchisi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni AQSHga qarshi javob sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva “qora ro‘yxat”ga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden va boshqalarni kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing