Sukerberg birdaniga 11 mlrd dollarga “qashshoqlashdi”

Olam

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerbergning boyligi 27 oktyabr kuni choralik hisobot e’lon qilinishi bilan kompaniya aksiyalari sezilarli darajada qulashi ortidan 11 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.

Unga ko‘ra, hozirda Sukerbergning boyligi 36 milliard dollarni tashkil etadi. Tadbirkor dunyoning eng boy odamlari reytingida 25-o‘rindan 29-o‘ringa tushib ketgan. Jurnal Sukerberg uchun o‘tayotgan yil “eng yaxshisi bo‘lmaganini” aytib o‘tgan. Gap shundaki, pandemiya davrida Meta aksiyalari keskin ko‘tarilib, 2021 yil sentyabrida eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Natijada Sukerbergning boyligi 136,4 milliard dollarga yetdi.O‘shandan beri aksiyalar 74 foizga arzonlashgan va natijada Facebook asoschisi taxminan 100 milliard dollar yo‘qotgan.

Britaniyaning “Financial times” gazetasining yozishicha, Meta 2022 yilning uchinchi choragidagi zaif natijalar tufayli bozor kapitallashuvining 19 foizini “qo‘ldan boy berdi”. Nashrning ta’kidlashicha, uchinchi chorakda sof foydaning yillik hisobda 52 foizga, ya’ni 4,4 milliard dollargacha kamayishi investorlarning kompaniya kapitaliga sarmoya kiritishdan ommaviy qochishiga olib keldi. Buning natijasida chorshanba kungi aksiyalar 65 milliard dollardan ko‘proqqa tushdi.

Meta kompaniyasining investitsion jozibadorligining pasayishining asosiy sabablari sifatida raqamli reklama segmentidan tushadigan daromadning kamayishi, shuningdek, “bozor ishtirokchilarining metaverse va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun garov tikishga nisbatan shubhasi” ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘i bilan raqobat, shuningdek, AQSHning Apple kompaniyasining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash bo‘yicha yangi siyosat kompaniyaning bozor pozitsiyalariga katta zarar yetkazmoqda.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing