Trilliant – O‘zbekiston ishbilarmonlik dunyosida yo‘l ko‘rsatuvchi qutb yulduzi
Biznes
−
17 Oktabr 2022
8284O‘zbekistonning xalqaro standartlarga ega birinchi A+Business Park loyihasi bo‘lgan Trilliant mustahkamlik, estetika va barqarorlik xususiyatlari orqali biznes dunyosining yulduziga aylanadi
Dunyodagi eng yirik arxitektura ofislaridan biri bo‘lgan Singapurdagi DP Architects imzosi bilan Trilliant Toshkentning qoq markazidagi o‘ziga xos joylashuvi va ilg‘or arxitektura xususiyatlari bilan hashamatli ofis tushunchasini yangi bosqichga olib chiqadi. O‘zbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiyotida yuzaga kelgan yangi ehtiyojlar asosida ishlab chiqilgan Trilliant muvaffaqiyat, mehmondo‘stlik va barqarorlik kabi zamonaviy, an’anaviy va umuminsoniy qadriyatlardan ilhom olgan.
Turli xildagi imkoniyatlar, o‘ziga xos mehmondo‘stligi, shu jumladan savdo rastalari, restoranlar, sportdan tortib dam olish joylarining mavjudligi uni nafaqat ofis loyihasiga, balki yuqori standartlar bilan qurilgan ishbilarmonlik markaziga aylantiradi. 14 va 17 qavatli 2 ta ofis binosi, 17 qavatli mehmonxona binosi, kongress markazi, do‘konlar, restoran va kafelardan tashkil topgan Trilliant O‘ziga xos arxitektura xususiyatlari bilan O‘zbekistondagi birinchi A+Business Park loyihasi bo‘lishga tayyorlanmoqda.
Ish jarayoni va motivatsion arxitektura
O‘zbekiston biznes olamining kelajakdagi ehtiyojlarini ko‘zlagan holda ishlab chiqilgan loyiha xalqaro standartlardagi ofisning barcha talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Kunduzgi yorug‘likdan maksimal samaradorlik olish imkoniyati, o‘zi ochiladigan derazalari, 4,38 metr shift balandligi, zinani 1,5 soniyada O‘zgartiradigan eskalatori va boshqa ko‘plab innovatsion xususiyatlari bilan yuqori sifatdagi ish natijasi va motivatsion arxitekturaga ega Trilliant hashamatning haqiqiy ta’rifini yuqori sifatli xomashyo va tajriba bilan ochib beradi.
Trilliant barqarorlik sohasida dunyoda qabul qilingan eng yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan biri bo‘lgan LEED Gold sertifikati talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda. O‘zbekistondagi birinchi LEED Gold sertifikati bilan tasdiqlangan loyihasi bo‘lishga nomzod bo‘lgan Trilliant o‘zining kam energiya iste’moli, barqaror landshaft maydoni, avtomobillarni zaryadlash stansiyalari, qayta ishlash qurilmalari, chiqindilarni boshqarish tizimlari va aqlli ventilyatsiya texnologiyasi bilan tabiiy resurslardan samarali foydalanadi hamda operatsion xarajatlarni kamaytiradi.
Yuqori investitsiya va foydaga ega bo‘lgan loyiha
O‘zbekiston biznes olamidagi standartlarni yuksaltiruvchi va yangi me’yorlarni o‘rnatuvchi Trilliant, ayniqsa, investitsiya orqali keladigan daromadi jihatidan e’tiborni tortadi. Shaharning yangi timsollaridan biriga aylangan Trilliant'ning funksional va chidamli arxitekturasi talab darajasini oshiradi va investitsiyalarning qaytarilishini tezlashtiradi.
Dunyodagi eng yirik mehmonxonalar tarmog‘idan biri bo‘lgan Intersontinental Hotel o‘zining Toshkentdagi yangi mehmonxonasi uchun Trilliant'ni tanlagani ushbu loyiha qiymatini yanada oshiradi, JLL, TCP va Securitas xalqaro konsalting firmalari bilan hamkorlik esa loyihaning qiymat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sotish va ijaraga berish jarayoni davom etayotgan ushbu loyihada 345 ta sotish va ijaraga berish ofislari va 34 ta tijorat ob’ektlari mavjud. O‘zbekiston biznes dunyosining yulduzi va o‘zining barcha xususiyatlari bilan global savdoning bog‘lovchi yo‘lagi bo‘ladigan Trilliant 2022 yil dekabr oyida biznes dunyosidagi shaxslar va Toshkentda istiqomat qiluvchi barcha odamlar uchun o‘z eshiklarini ochadi.
Kontaktlarimiz:
Ma’lumot uchun: +998 71 205 59 95
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.trillianttashkent.uz
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi