Triatlon musobaqasi vaqtida ikki sportchi halok bo‘ldi
Sport
−
22 avgust 2023
15553Har yili o‘tkaziladigan Ironman Ireland musobaqasida ikki sportchi cho‘kib ketdi. Bu haqda “Irish Times” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, uch bosqichda o‘tkaziladigan musobaqaning 3,9 kilometr masofaga suzish qismida Angliyadan kelgan 40 yoshli Brendan Uol va 64 yoshli kanadalik Ivan Chittenden qiyinchiliklarga duch kelgan va cho‘kib ketgan. Fojia haqidagi xabar esa ishtirokchilar masofaning bir qismini velosipedda bosib o‘tayotganda tarqala boshlagan.
Ismini oshkor etishni istamagan ishtirokchilardan biri kimdir yordam so‘rab qichqirganini, biroq voqealar rivoji keng ko‘lamli bo‘lgani uchun diqqatini jamlay olmaganini aytgan. Yana bir qatnashchi, Nayjel Traversning aytishicha, Ironmanda o‘lim holatlari vaqti-vaqti bilan sodir bo‘lib turadi, odatda suzish bahslarida.
“Yaqinda Fransiya va Germaniyadagi musobaqada ham shunga o‘xshash baxtsiz hodisa ro‘y bergandi”, deydi Nayjel Travers.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar sportchilarning jasadini suvdan olib chiqqan va hozirda holat yuzasidan maxsus tergov o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ironman – Butunjahon triatlon assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan uzoq masofali triatlon musobaqalari seriyasi hisoblanadi. Seriyaning har bir individual poygasi uchta to‘xtovsiz musobaqadan iborat: 3,9 kilometr suzish, 180,2 kilometr masofani velosipedda bosib o‘tish va 42,2 kilometr uzoqlikka marafoncha yugurish.
LiveBarchasi