Transportda to‘xtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi
Jamiyat
−
30 aprel 2021
6753O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, transportda to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori BHMning 2 baravari (ilgari 3 baravari) etib belgilandi.
Shuningdek, Havo kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sog‘lig‘iga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yo‘nalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jarima miqdori qat’iy belgilandi.
Bunda fuqarolar uchun BHMning 20 baravari (ilgari 20 baravaridan 30 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa – 30 baravari (ilgari 30 baravaridan 50 baravarigacha) miqdorida jarima nazarda tutilgan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi