Transport vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
06 yanvar 2021
8283O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari Davron Dehqonov lavozimidan ozod etildi. QALAMPIR.UZ’ning Hukumatdagi manbasi ushbu xabarni tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Davron Dehqonov 4 yanvar kuni hukumatda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng Prezident farmoniga asosan lavozimidan ozod qilingan.
Ma’lumot uchun, Davron Dehqonov 2019 yil fevralidan, ya’ni Transport vazirligi tashkil etilganidan buyon vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval u “O‘zavtosanoat” rahbari vazifasida ishlagan.
LiveBarchasi