Transport vaziri Mahkamov ham uyg‘onadigan vaqt keldi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yo‘nalishlariga bo‘lgan barcha cheklovlar olib tashlandi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni Prezident raisligida turiz sohasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Endi transport vaziri Mahkamov ham uyg‘onadigan vaqt keldi”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

Transport vazirligiga:

•    barcha davlatlarning aviatsiyaga mas’ul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yo‘nalishlariga bo‘lgan barcha cheklovlar olib tashlanganini yetkazish;

•    xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Yevropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qo‘shni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘yish;

•    vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Samarqandda bir yillik xalqaro uchrashuvlar va anjumanlarni o‘tkazish dasturini tasdiqlash topshirig‘i berildi.

Umuman, besh kun muddatda Samarqanddagi yangi majmualarni ishlatish, buning uchun qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berish bo‘yicha alohida qaror loyihasini ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

338

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing